About Abdidarun majmuasi

Cemeteries, Historic, Burial Places, Interesting Places, Mausoleums

Abdidarun majmuasi – Samarqand qal’a devorining sharqiy tomoni (darun – ichkari)da joylashgan qadimgi ziyoratgoh. 9-asrda yashagan al-loma Abd Ma’ziddin qabri atrofida turli binolar paydo bo‘lib me’moriy ziyoratgohga aylandi. Markazida eng yirik bino – xonaqoh (15-asr) ko‘zga tashlanadi. Uning peshtoqi, gumbazi va devor bezaklari Ulug‘bek davri me’mor-ligi mahsuli ekanligidan darak bera-di. Ziyoratxona – jamoatxona masjid vazifasini o‘tagan. Xonaqohning ichida avliyoning maqbarasi bor. Ta’mirlash natijasida maqbara binosining dast-labki qiyofasi o‘zgarib ketgan. Hovli o‘rtasidagi sarhovuz chashmabuloq ustida bo‘lgani uchun ham uning suvi qishin-yozin bir xilda saqlangan, aholi orasida shifobaxsh hisoblangan. Hovli atrofi-dagi hujralar va g‘arb tomondagi jome masjid 19-asrga oid. Masjid bezaklari orasida ustalar nomi saqlangan.

Source From: Wikipedia
Samarqand, Samarqand Tumani, Samarqand Viloyati, Uzbekistan, 140000

Nearest places in Abdidarun majmuasi