About Muhammad Rahimxon madrasasi

Religion, Mosques, Interesting Places

Muhammad Rahimxon madrasasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1871). Muhammad Rahim II (Feruz) qurdirgan. Koʻhna arkning sharqiy darvozasi qarshisida joylashgan. M.Muhammad Rahimxon madrasasi masjid, ayvon, darsxona, kutubxona va hujralardan iborat. Madrasaning old tomoni 2 qavatli, qolgan tomonlari bir qavatli. Burchaklariga guldastalar ishlangan. Xiva meʼmorligiga xos uslubda peshtokli koshinkori naqshlar bilan bezatilgan. Sirli gʻishtlar "qoʻsh" va "bantak" uslubida terilgan. Peshtoqining ikki qanotida 2 qavatli oldi chuqur ravoqli 5 ta hujraga ganchkori panjaralar oʻrnatilgan. Bosh tarzidagi miyonsaroy 9 ta gumbazli xonadan iborat. Masjid va darsxona hujralar bilan oʻzaro bogʻlangan. Hovli murabba tarhli, uch tomoni 76 ta hujra bilan oʻralgan. Janubida gumbazli ayvon va boshqa qoʻshimcha xonalar bor. Keyinroq, madrasaning old tomoniga bir qavatli savdo rastalari qatoridan iborat hovli qurilgan. M.Muhammad Rahimxon madrasasining umumiy tuzilishi va ichki tarhi anʼanaviy Xiva madrasalari meʼmorligidan bir oz farq qiladi.

Source From: Wikipedia
Khiwa Tumani, Xorazm Viloyati, Uzbekistan, 220900

Nearest places in Muhammad Rahimxon madrasasi