About Pahlavon Mahmud majmuasi

Historic, Burial Places, Interesting Places, Mausoleums

Pahlavon Mahmud majmuasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Polvon ota maqbarasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1810—1913). Maqbara majmuasining umumiy hajmi 50x30 m boʻlib, dastlab Pahlavon Mahmud qabri ustiga 1664 yilda moʻʼjaz sinchkori imorat qurilgan. Darvozaxona eshigidagi yozuvga koʻra, P. Pahlavon Mahmud majmuasining qurilish sanasi 1701 yilda Shohniyozxon qurdirgan vaqtdan hisoblanadi. 1825—35 yillarda uning oʻrnida gʻishtin toqu ravoqli serhasham maqba-ra (17,5x25,5 m), ziyoratxona (9X9 m) va xonaqoh (4x4 m) qad koʻtargan. Keyinroq Xiva xonlari (Abulgʻozixon, 1643— 63; Shohniyozxon, 1695—1702; Muhammad Rahimxon I, 1807— 26; Temurgʻozixon, 1857—58 va boshqalar) ham shu yerga dafn etilgan. 1913 yilda usta Qurbonniyoz boshchiligida hovlining gʻarb tomoniga ikki oshyonli qorixona, qarshisiga oʻymakori ustunli ayvon qurilgan. Majmuaga jan. tomondagi darvozaxona orqali kiriladi, ichkari sahniga gʻisht terilgan. Chetida quduq, kichik hovli qarshisida pesh-tokli honakohmaqbara, oʻngda ayvon, soʻlda supa va qorixona joylashgan. Xonakoh peshtogʻidagi gʻishtlar orasida sirkor bandlar bogʻlangan, ikki chekkasidagi guldasta morpech shaklida. Gumbazning naqshin bezaklari, asosan, moviy rang sirli sopollardan terilgan. Bino ichkarisi nafis bezatilgan. Uning izorasidan tortib gumbazli qub-basigacha oq va moviy naqshli. Bezaklar orasidagi kitobaga Paxlavon Mahmud ruboiylari bitilgan. Xonaqohning gʻarbiy eshigi orqali ziyoratxonaga oʻtiladi. Unda Pahlavon Mahmudning sirkor sagʻanasi joylashgan. P.Pahlavon Mahmud majmuasidagi asosiy binolar Odina Muhammad Murod boshchiligida qurilgan. Bezaklarini Mulla Nurmuhammad K,alan-dar oʻgʻli, Soʻfimuhammad Abdujabbor oʻgʻli va Abdulla "jin"lar bajargan. Ziyoratxona eshigi (1810), tashqari eshik (1894) usta Nurmuhammad tomonidan ishlangan. 1960 yilda usta Roʻzimat Masharipov ishtirokida qorixona va ayvon taʼmir etilgan. P.Pahlavon Mahmud majmuasida 19-asr Xiva meʼmorligi us-lubi yorqin namoyon boʻlgan.

Source From: Wikipedia
Khiwa Tumani, Xorazm Viloyati, Uzbekistan, 220900

Nearest places in Pahlavon Mahmud majmuasi